«Mahalla» xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati boshqaruvi, adliya, soliq va bandlik boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda nodavlat va notijorat tashkilotlarda me’yoriy hujjatlarni yuritish, soliq va mehnat qonunchiligida belgilab berilgan dolzarb vazifa va ustuvor yo‘nalishlar ijrosi, uni ta’minlash mexanizmlariga bag‘ishlangan o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda amaldagi qonun hujjatlarida belgilab berilgan vazifalar, ustuvor yo‘nalishlar, hisobotlarni onlayn topshirish, (Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi mas’ul xodimi Boburmirza Xujamqulov tomonidan) O’zbekiston Respublikasi Yagona milliy mehnat tizimi my.mehnat.uz saytiga kirish, ma’lumotlarni joylash, mehnat daftarchalarini onlayn yuritish va boshqa masalalarda so‘z yuritildi.

– Ish yurituvida bo‘lgan hujjatlarni qayd etish va rasmiylashtirishda turli tushunmovchiliklar yuzaga kelayotgan edi, – deydi «Mahalla» xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati boshqaruvi yetakchi mutaxassisi Shuhrat Berdibekov. – Bugun bu muammolarimiz, tushunmovchiliklar barham topdi. Mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlar fond tizimida amalga oshirayotgan ishlarni belgilangan me’yoriy talab, huquq normalari asosida yuritishimizda juda qo‘l keladi.  

Seminar so‘ngida fondning quyi tuzilmalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldi.

Manba: O‘zA

By admin