Oqoltin tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ish beruvchi korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda tumanda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Markaz Davlat mehnat inspeksiyasining Davlat mehnat huquq inspektori tomonidan joriy yilning yanvar-mart oylarida jami jismoniy va yuridik shaxslardan 50 ta murojaatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning barchasi Qonunda belgilangan tartibda o‘rganilib chiqilib, murojaat mualliflariga tegishli tartibda tushuntirishlar berilgan. Bundan tashqari o‘tgan davr mobaynida 20 ta korxona va muassasalarida o‘tkazilgan o‘rganishlarda 77 ta kamchiliklar aniqlanib, ish beruvchilarga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi va mehnat to‘g‘risidagi qonun xujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan 18 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 28 mln 960 ming so‘m miqdorida maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi. O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi talabi asosida mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha tashkilot, korxona va muassasalar qonunda belgilangan tartibda har oyning oxirida bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi hisobotlarni topshirishlari belgilanligiga qaramasdan, ayrim tashkilotlar ushbu xisobotlarini topshirmasdan, o‘zlarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini yashirib, ishsizlik ro‘yxatida turgan ishsizlarni ishga joylashtirishimizda muammolar keltirib chiqarmoqda.

“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi talabi asosida topshirilish lozim bo‘lgan “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari to‘g‘risida”gi 1-TN xisobotni o‘z vaqtida topshirmagan 8 ta korxona va tashkilotlarda xisobot o‘z vaqtida topshirilmaganligi holati bo‘yicha monitoringlar o‘tkazilgan. O‘tkazilgan monitoring natijasiga ko‘ra bo‘sh ish o‘rinlarini yashirgan 3 nafar mansabdor shaxsga 7 mln 350 ming so‘m miqdorida maʼmuriy jarima qo‘llanildi.

Aholini ishga joylashishida ko‘maklashish maqsadida 2022 yilning yanvar-mart oylarida tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ish axtarib murojaat qilgan 173 nafar fuqarolarning 173 nafari (100,0 foizi) ishga joylashtirildi. Bunda, asosiy eʼtibor karonavirus pandemiyasi sababli ishsiz qolgan hamda “Temir daftar”ga kiritilgan ishsiz fuqarolar, kollej bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar va qaytib kelgan mehnatkash-muhojirlarni ishga joylashtirish bo‘yicha har biri bilan alohida ish olib borishga qaratildi.

Ish qidirayotgan fuqarolar uchun maqbul keladigan ishni axtarish muddatini qisqartirish maqsadida, tumanda 5 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu yarmarkada 44 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud 162 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Ushbu yarmarkada 146 nafar fuqarolar qatnashib, ulardan 82 nafariga ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi va 111 nafariga ishga joylashishlari uchun huquqiy maslahatlar berildi.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Ishsizlarning mehnat bozoridagi raqobatga bardoshliligini kuchaytirish va ish bilan taʼminlash maqsadida 193 nafar ishsiz fuqaro iqtisodiyotda talab qilinayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha kasbga tayyorlandi va qayta tayyorlandi, 318 nafar ishsiz fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. Yangi ish o‘rinlari tashkil etish borasida amalga oshirilgan faol choralar natijasida, hududiy dasturlarga muvofiq, 2022 yilning yanvar-mart oylarida 174 ta yangi ish joylari yaratildi, shu jumladan hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 20 ta, Yangi kichik korxona va mikro-firmalar tashkil etish xisobiga 111 ta yangi ish o‘rinlari, Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 43 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

— O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish hisobiga Ayollar daftariga kiritilgan 2 nafar fuqaroga Yengil konstruksiyali issiqxona, 3 nafar fuqaroga Hunarmand uyushmasiga aʼzolik badali to‘lab berildi, 1 nafar fuqaroga Kichik korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun, 3 nafar fuqaroga Asbob uskuna xarid qilish uchun subsidiya mablag‘lari ajratildi,deydi Oqoltin tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Zafar Kuchkarov.

2022 yilda tuman hududiga ijtimoiy himoyaga muhtoj mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarni bandligini taʼminlash maqsadida Oqoltin tumani hokimining 2021 yil 27 sentyabrdagi «Oqoltin tumani xududida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risida»gi qarori tasdiqlanib, ushbu qarorga asosan tumanidagi 34 nafar korxona va tashkilotlarda jami 101 nafar kvota ish o‘rinlari band qilib qo‘yildi.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

2022 yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra yolg‘iz ota, yolg‘iz ona va ko‘p bolali ota-onalardan – 11 nafar, taʼlim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilardan – 8 nafar, Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslardan – 2 nafar, Pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslardan – 20 nafar, jami 41 nafar fuqarolar kvota ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin