Unda Respublika Oila va xotin-qizlarni davlat qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i Dilshoda Mirzajonova, maxsus o‘quv kurslarida malaka oshirgan tajribali moderatorlar tomonidan mahalla xotin-qizlar faollari oldida turgan dolzarb vazifalar, yangi tuzilmaning maqsad va mohiyati haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, oila, xotin-qizlar va keksa avlod vakillari bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yana-da takomillashtirish, mahallabay ishlashga masʼul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Maxsus o‘quv kurslari joriy yilning 25-26 aprel kunlari viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkaziladi.

Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

By admin