Bugun, 25-aprel kuni Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi binosida Rossiya Federatsiyasining OOO “Ninel” (Bashkortostan, Ufa shaxriga) korxonasiga qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan sirdaryolik fuqarolar ishtirokida (onlayn) tanlov o‘tkazildi.

Suvoqchi-bo‘yoqchi, plitkachi, g‘isht teruvchi, fasad ishlari ishchisi kabi 20-50 yoshdagi mutaxassislarni o‘ziga jalb etgan mazkur tanlovda 63 nafar fuqarolar ishtirok etdi. Ish beruvchi tomonidan ish sifati va xajmiga qarab ish xaqqi 40 000 – 60 000 rubl taklif etildi.

Ushbu tanlov «Pilot loyiha» doirasida o‘tkazilayotgan bo‘lib, fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida patent uchun hujjatlar (tibbiy ko‘rik, Rossiya tarixi va rus tilidan imtixon, pasport tarjimasi) Toshkentda topshirilishi, ish joyiga yetib olish uchun aviachipta hamda patent ish beruvchi tomonidan qarz hisobidan olib berilishi, yotoqxona bilan taʼminlanishi kafolatlandi.

Maʼlumot o‘rnida, bu kabi tanlovlar Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi (avvalgi Axborot kolleji) binosida doimiy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, manzil Guliston shahar, Xondamir ko‘chasi 47-uy. Murojaat uchun telefon: +998672255559

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin