O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Umurzakov Baxodir Xamidovich ishtirokida Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan ommaviy sayyor qabullari davomida hududlarda tashkil etilgan yirik ishlab chiqarish korxonalar faoliyati bilan ham tanishildi.

Xususan, vazirlik ko‘magi bilan Turkiya davlati korxonalari bilan hamkorlikda Guliston tumani “Ibrat” mahallasida faoliyatini boshlagan “Miss miledi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur korxonada 140 nafardan ortiq ishchi xodimlar tikuvchilik yo‘nalishida ishlamoqda. Bugungi kunda korxonada sifatli mahalliy xom-ashyo, buyurtma asosida Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari uchun ham maxsus formalar hamda poyabzalni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Ichki ishlar va Milliy gvardiya buyurtmalariga asosan kengaytirish hisobiga yana 60 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu ish o‘rinlariga mahallalardagi ishsiz xotin-qizlarni kasb hunarga o‘qitib, ularning bandligini taʼminlash bo‘yicha vazir o‘rinbosari tomonidan bildirilgan taklif — korxona rahbariyati tomonidan maʼqullandi.

Vazir o‘rinbosari Sayxunobod tumani “Farovon” mahallasida joylashgan “Lily Textile Sayxun” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Ustav fondi 501 mln so‘m umumiy qiymati 2 mlrd 500 mln so‘m bo‘lgan 200 ta ish o‘ringa mo‘ljallangan mazkur korxonada, hozirgi kunda to‘liq hajmda ish faoliyati olib borilmayotganligi bois 86 nafar ishchi xodimlar ishlamoqda.

Maʼlumot o‘rnida, hozirda MCHJ tomonidan Xitoy davlatiga tikuv mashinalari, dazmollash uskunalari va matoni qirqish uchun uskunalarga mablag‘ o‘tkaziganligi va yuqoridagi uskunalar o‘z vaqtida kelmaganligi sababli to‘liq ish hajmi boshlanmagan. Yuqoridagi tikuv mashinalari hamda uskunalar kelgandan so‘ng 130 nafar tikuvchi vazifasiga, 30 nafar dazmolchi vazifasiga, 5 nafar mato qirquvchi vazifasiga, 20 nafar qadoqlovchi vazifasiga, 10 nafar matoga rang beruvchi vazifasiga jami 195 nafar ishchi xodim bo‘lishi hamda qolgan 5 nafar xodimlar yani dizayner, hisobchi, g‘aznachi, xodimlar bo‘limi bo‘yicha inspektor vazifalari bilan hisoblanganda jami 200 ta yangi ish o‘rni yaratish bo‘yicha loyihalashtirilgan. Yuqorida qayd etilgan mahsulotlar Xitoy davlatidan kelgandan keyin to‘liq hajmda ish boshlanadi.

Vazir o‘rinbosari yuqoridagidan kelib chiqib, yangitdan yaratilishi kutilayotgan bo‘sh ish o‘rinlariga mahalliy ishsiz xotin-qizlarni jalb qilish bo‘yicha viloyat Bandlik bosh boshqarmasi rahbariga ko‘rsatma berdi.

Xovos tumani “Bunyodkor” mahallasida joylashgan “Xovos Textil Fashion” MCHJ tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishgan vazir o‘rinbosari Baxodir Umurzakov, Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilgan 650 million so‘mlik subsidiya hisobiga kasbga qayta tayyorlanib bandligi taʼminlangan xotin-qizlarning ish faoliyati bilan qiziqib, ular bilan suhbatda bo‘ldi. Mazkur korxonada 2021-2022 yilda jami 125 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlangan.

Vazir o‘rinbosarining viloyatimiz bo‘ylab 3 kunlik amaliy tashrifi samarali tashkil etilib, sohada hududlar miqyosida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda tahlili qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin