Bugun, 12-may kuni soat 11:30dan 13:00ga qadar, Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasida Finlyandiya davlatida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Finlyandiyada ish topish, ular bilan aloqa o‘rnatish, mehnat shartnomasini tuzish, ishchi vizasini rasmiylashtirishdagi hujjatlar va shu kabi masalalar yuzasidan bepul konsultatsiya tashkil qilindi.

Konsultatsiya Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Finlyandiya davlatidagi hamkor ish beruvchisi tomonidan o‘tkazildi. Uchrashuvda 50dan ortiq mehnat migrantlari, migratsiya inspektorlari va jamoatchi yordamchilar ishtirok etishdi.

Asosiy vakansiyalar qurilish sohasiga tegishli bo‘lib, uchrashuv yakuni bilan qurilish sohasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazildi, nomzodlarning bilim darajasi aniqlandi.

Kelgusida, tanlab olingan fuqarolarga Finlyandiya vizasini rasmiylashtirish, kreditlash, yo‘l chiptalari olib berish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Sirdaryo mintaqaviy filiali

By admin