Bu haqda Xalq deputatlari Xovos tumani Kengashining tegishli qarori imzolanib, «E-Qaror»ga joylashtirilgan.

Xovos tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 2022-yilning aprel oyida Aholi bandligi to‘grisidagi qonun talablari bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotga ko‘ra:

Xovos tuman Aholi bandligiga ko‘maklayish markazi tomonidan 2022-yilning aprel oyida jami 1061 nafar ishsiz fuqarolar «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofirq ish kidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolardan 587 nafarini erkaklar, 474 nafari ayollar tashkil qiladi.

Markaz tomonidan ro‘yxatga olingan fuqarolardan 646 nafariga mehnat qonunchiligi, ijtimoiy nafaqa va boshqalar bo‘yicha maslahat xizmati ko‘rsatilgan.

— 132 nafar ishsiz fuqarolar tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘sh va vakant lavozimlariga ishga joylashtirildi.

— 106 nafar ishsiz fuqarolar tumandagi kasb-hunarga o‘qitish markazi, Guliston «Ishga marhamat» monomarkaz, Guliston qurilish kolleji va usta Hunarmadlar bilan tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb etildi.

— 142 nafar ishsiz fuqarolar tumandagi mahalla fuqarolar yig‘ini va Obodonlashtirish bo‘limida tashkil etilgan xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

— 43 nafar ish qidiruvchi shaxslar uchun masbul keladigan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘lmaganligi sababli ishsizlik makomi berilib ishsizIik nafarqasi taiynlandi.

2022-yilning aprel oyida 3 nafar fuqaroga jami 2.1 mln so‘m subsidiya ajratildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin