Sirdaryo viloyatining chekka hududida band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o’qitish va qayta tayyorlashga ixtisoslashgan vazirlik tasarrufidagi Xovos kasb hunarga o‘qitish markazi bugungi kunda 15dan ortiq yo’nalishlarda aholini kasb hunarga o’qitib kelmoqda.

Markaz 2021 yilda tashkil etilgan bo’lib, ayni vaqtda sobiq Mehnatobod qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji binosida faoliyatini yuritmoqda. Ushbu markazda 21 ta oq’uv xonalari, 11 ta o’quv ustaxonalari mavjud bo’lib, bevosita aholining ishsiz va ish bilan band bo’lmagan qatlamini fuqarolarni qisqa muddatli kasb-hunarga tayyorlash jarayonlari bo’lib o’tmoqda. Malakali mutaxassilar tomonidan tinglovchilar zamonaviy kasb hunarlarga o’qitilib, qisqa muddatli o’quv jarayonlari yakunlangach bitiruvchilarga sertifikatlar topshirilmoqda.

Xususan, bugun 16-may kuni «Tikuvchilik yo’nalishi»dagi 1-guruh tinglovchilarining 14 nafar bitiruvchilari, malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, sertifikatlarga ega bo’lishdi. Endilikda ular mazkur markazda egallagan bilim va ko’nikmalarini amaliyotda qo’llashib, mehnat faoliyatlarini davom ettirishadi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Matbuot xizmati

By admin