Sirdaryo viloyatida 2021-2022 yil o‘rta taʼlim maktablari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash hamda kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha maktab bitiruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bu borada viloyat Bandlik bosh boshqarmasida tegishli chora-tadbirlar grafigi ishlab chiqilgan bo‘lib, targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishiga maʼsul tizimdagi rahbar va o‘rinbosarlari hamda o‘quv markazlari nomlari tasdiqlangan.

O‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari davomida vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyati bilan maktab bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari tanishtirilib borilmoqda, ularga o‘quv markazlari haqida tayyorlangan buklet va eʼlonlar tarqatilib, o‘quv markazlarida yaratilgan shart-sharoitlar haqida tushunchalar berilmoqda. Bu kabi targ‘ibot tadbirlari o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Maʼlumot o‘rnida, Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi, Oqoltin, Xovos va Sayxunobod kasb-hunar o‘quv markazlari vazirlik tasarrufidagi taʼlim muassasalari hisoblanadi. Shuningdek, Guliston shahrida qurilish sohasidagi malakali mutaxassislar markazi ham faoliyat yuritmoqda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin