Avval xabar berganimizdek, 18-may kuni Sirdaryo viloyatidagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari orasida birinchilardan bo‘lib viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyevning shaxsiy tashabbusi — aholi bilan ochiq ovozli muloqoti tashkil etildi. Bir yarim soatga yaqin vaqt mobaynida Telegram‘da o‘tkazilgan ushbu ovozli muloqotda yuzga yaqin ishtirokchilardan 22 nafarining murojaatlari tinglanib, aholidan kelib tushgan murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib chiqilishi hamda ularni hal etish chora-tadbirlari belgilangandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, xalq bilan muloqotning ushbu ko‘rinishdagi amaliyoti — «Sirdaryo tajribasi» vazirlik tizimida ham o‘tkazilishi belgilandi.

«Endilikda, ushbu amaliyot vazirlik tizimidagi tashkilot va hududiy boshqarmalarda muntazam o‘tkazib boriladi», — deyiladi vazirlik Axborot xizmatining xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, Sirdaryoda onlayn muloqotlar har oyda ikki marotaba o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin