Angliyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun 2022 yil 24 may kuni tanlov o‘tkaziladi — ish haqi soatiga 10,1 funtdan. Fuqarolarning turar joyi va ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan.

Nomzodlar uchun talablar:
— 18 – 50 yosh oralig‘ida bo‘lishi;
— maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lishi;
— rus yoki ingliz tilida erkin muloqot qila olishi;
— sudlanmagan bo‘lishi.

Tanlov Toshkent shahri Olmazor kasb-hunarga o‘qitish markazi binosida 24 may kuni soat 09.00 da boshlanadi. Nomzodlardan xorijga chiqish pasporti bilan transport xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda kelishi so‘raladi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani Umid ko‘chasi 16-uy

Maʼlumot uchun +99871-202-3355

Eslatma: Ishchi vizasini rasmiylashtirish uchun konsullik yig‘imi (440 AQSH dollar atrofida), tibbiy sug‘urta, avia chipta uchun xarajatlar nomzodlar tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Tashqi mehnat migratsiya agentligi matbuot xizmati

By admin