Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Sirdaryo viloyati delegatsiyasi hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishni ko‘zda tutgan amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turibdi.

Viloyat delegatsiyasi Barnaul shahri va Oltoy o‘lkasida bo‘lib, rasmiy uchrashuvlar hamda ishbilarmon doiralari bilan muloqotlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Amaliy tashrif Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov bilan uchrashuvdan boshlandi. Viloyatimiz vakillariga O‘zbekistoning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov hamrohlik qildi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Novosibirsk viloyati rasmiy doiralari vakillari bilan muloqotda so‘nggi yillarda mamlakatimizda bo‘layotgan katta islohotlar, hamda ushbu islohotlarning Sirdaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ijobiy taʼsiri borasida maʼlumot berildi.

Shuningdek, muloqot davomida ikki davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodasi bilan mamlakatlarimiz o‘rtasida har jabhada hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etilib, bu jarayonda Sirdaryo va Novosibirsk o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hududlararo hamkorlikni kengaytirish istiqbollari hamda imkoniyatlari muhokama qilindi.

Viloyat delegatsiyasining tashrif tafsilotlari haqida batafsil maʼlumot berib boriladi.

Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

By admin