Loyiha doirasida, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni rag‘batlantirish, ularning biznes qilish qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, biznes rentabelligini oshirish va ish o‘rinlarini yaratish uchun mikrofirmalarni tashkil etishni rejalashtirayotgan shaxslarning boshqaruv salohiyati va biznes ko‘nikmalarini amaliyotlarini yaxshilashnazarda tutilgan. Qolaversa, mikrofirmalarni tashkil etish va uning barqarorligini taʼminlashni rejalashtirayotgan shaxslarning boshqaruv salohiyati va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish hamda mamlakatimizdagi maqsadli xususiy va davlat taʼlim muassasalarida tadbirkorlik bo‘yicha taʼlim salohiyatini oshirishdan iborat.

Xususan, Guliston shahrida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida Respublika miqyosida ilk marotaba Vazirlik tomonidan subsidiyalar olgan, ishsiz sifatida Bandlikka ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatda turgan, yo‘llanma olib kasbiy ko‘nikmalarga o‘qitilayotgan, hamda Mahalliy rivojlanish markazida kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘rganayotgan 30 nafar ayollar va erkaklar uchun — 35 soatlik 5 kunlik tajribaviy (pilot) treningi bo‘lib o‘tdi.

Trening xalqaro tajribaga ega ekspertlar tomonidan olib borildi. Ushbu loyihaning maqsadi, kam taʼminlangan va ijtimoiy qatlamlarni rag‘batlantirish, ularning biznes qilish qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashish maqsadida, aholini tadbirkorlikni boshlashga oid barcha ko‘nikmalarni berishdir.

Loyihaga ko‘ra, 2022, 2023 va 2024 yillarda Respublikamizning barcha hududlarida 15183 nafar aholi tadbirkorlik asoslariga huquqiy va moliyaviy savodxonlikka, ijtimoiy mobilizatsiya va boshqa yo‘nalishlardagi treninglarda qatnashadilar.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin