Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, agar o‘rindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim 6 oydan kam ishlagan bo‘lsa, u holda o‘rindoshlik asosidagi ishda taʼtil uchun ishlangan vaqtga proporsional haq to‘lanadi.

Foto: «Huquqiy axborot» kanali

«Birinchi ish yilida 6 oy ishlagan o‘rindoshlarning mehnat taʼtiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat taʼtiliga o‘rindoshlik asosidagi ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi», — deyiladi xabarda.

By admin