Bugun yurtimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi, Sirdaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablarida ham anʼanaviy «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Hududlardagi umumtaʼlim maktablarida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i, o‘rinbosarlari hamda hududiy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, shuningdek Guliston «Ishga marhamat» Monomarkazi rahbarlari ishtirok etib, davlatimiz rahbarining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittiriib, viloyat xalq taʼlimi sohasida erishilayotgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbirlar so‘nggida soha rahbarlari maktab bitiruvchilari bilan samimiy muloqotda bo‘lishib, mustaqil hayot ostonasida turgan o‘g‘il-qizlarga omad tilashdi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin