Hududlarda oʻrganishlar va aholining eʼtirozlari, muammo va murojaatlariga yechim topish maqsadida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan doimiy ravishda tasdiqlangan reja-grafik asosida sayyor qabullar va uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, boshqarma boshligʼining birinchi o’rinbosari Alimov Jamshid Abdugappor o’g`lining fuqarolar murojaatlari boʼyicha navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Mirzaobod tumani «Nurafshon» mahallasi o’tkazildi. Sayyor qabul daмomida tuman Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi rahbariyati, tuman hokimi yordamchilari, maʼsul xodimlar, mahalla fuqarolar yigʼini raisi, oʼrinbosarlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi.

Sayyor qabulda ishtirok etgan 9 nafar murojaatchidan 6 nafarining murojaatlari joyida ijobiy hal etilib, 3 ta murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib chiqilishi hamda ularni hal etish chora-tadbirlari belgilandi. Shuningdek, fuqarolarga boshqarma rahbariyati (@svbandlikbot) va tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi (@Bandlik_Mirzaobod) bilan Telegram’da onlayn bog’lanish imkoniyati yaratilganligi haqida ma’lumot berildi.

Sayyor qabuldan so’ng «Nurafshon» mahallasida bandlik sohasidagi muammoli masalalar o‘rganildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin