Guliston «Ishga marhamat» monomarkazida bitiruvchilarni ishga joylashtirish, ularning mehnat faolligini oshirish bo’yicha ish beruvchi «Techno Continental» MChJ kompaniyasi rasmiylari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Ushbu uchrashuvda Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi «Kasb-hunarga o’qitish sho’basi» mudiri Ulug’bek Berdimurodov, «Techno Continental» MChJ kompaniyasi xodimi Arslan Eshmanov, Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi direktori Farhod Karshibayev va direktor o’rinbosarlari ishtirok etdishdi. Uchrashuvda hamkorlik masalalari yuzasidan o’zaro fikr almashinilib, hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ish beruvchi kompaniya hamda monomarkaz o’rtasida kelgusida amalga oshiriladigan muhim vazifalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, o’zaro manfaatli kelishuvga erishildi.

Ma’lumot o’rnida, «Techno Continental» MChJ maishiy elektr asbob uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan O’zbekistondagi yirik quvvatli kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi matbuot xizmati

By admin