Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbariyati, viloyatlar bandlik boshqarmalari boshliqlari hamda hududlardagi «Ishga marhamat» monomarkazlari direktorlari Qashqadaryo viloyati Koson tumanida o‘zaro tajriba almashishmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Koson tumanida bo‘lishdi. Koson tumanida 2022 yil aprel oyida «Ishga marhamat» monomarkazi o‘z faoliyatini boshlagandi. Mazkur monomarkazda tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarda aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan qator loyihalar, qisqa muddatli o‘quv kurslarning natijadorligi hamda xorijga ishga boruvchilar uchun tashkil etilayotgan maxsus o‘quv kurslari sir-asrorlari yuzasidan amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanishilib, mahalliy soha mutaxassislari bilan o‘zaro tajriba almashinildi.

Bu kabi o‘zaro tajriba almashish ish samaradorligini yanada oshirishda muhim vazifa hisoblanadi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin