Maʼlumki, buster doza koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlangan fuqarolarning immunitetini mustahkamlash maqsadida 6 oydan so‘ng yana qaytadan oladigan bir dozalik vaksina hisoblanadi. Fuqaro emlash punktida buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olishi mumkin, yaʼni u avval qabul qilingan vaksina bilan bir xil turda bo‘lishi shart emas.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalmik va jamoat salomatligi xizmatining Sirdaryo viloyati boshqarmasi xabariga ko‘ra, hozirgi vaqtda viloyatimizda 103 ta koronavirusga qarshi emlash punkti hamda 26 ta harakatdagi brigada faoliyat ko‘rsatmoqda. Shunday tadbirlardan biri, joriy yilning 27-may kuni Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasida tashkil etildi. Tadbir davomida boshqarma hamda Guliston shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbariyati hamda xodimlari xodimlari koronavirusga qarshi buster doza bilan emlanishdi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Aholi o‘rtasida «Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashda buster dozasining ahamiyati bo‘yicha kengroq tushunchalar berilib, O‘zbekiston Respublikasi Maxsus komisssiyasining 98-sonli bayoniga muvofiq tashkilot va korxonalarda ishlovchi xodimlarning barchasi (sog‘ligida muammo bo‘lsa bundan mustasno) koronavirus infeksiyasiga qarshi buster doza bilan emlanishi shartligi belgilab o‘tilganligi, bunda emlanmaganlar vaqtincha muddatga ishdan chetlatilishlari, ishdan chetlatmagan rahbarlarga nisbatan maʼmuriy choralar ko‘rilishi nazarda tutilganligi eslatib o‘tildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin