Assalomu alaykum tumanimiz aholisi!

Xabaringiz bor Muhtaram Prezidentimizning 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 31-son qarori qabul qilindi. Qaror asosida Sirdaryo tumanidagi 38 ta mahallalarda hokim yordamchilari o‘z faoliyatlarini boshladi.

Bugungi kunda tumanda 25 ming 398 ta xonadonlarda 132 ming 326 nafar aholi istiqomad qilib kelmoqda.

Hurmatli brifing ishtirokchilari!

Ruxsat bersangiz Sirdaryo tumanida mahallabay ishlash tizimi natijadorligi hamda aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha to‘xtalib o‘tsam.

Tuman mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o‘rganish, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini aniqlash borasida joriy yilning 1 choragida 25 398 ta xonadonlar 100 foiz xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov natijasida birinchi toifa yani daromadi kam biroq, daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar 1 742 tani, ikkinchi toifaga yani doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagidagi xonadanlar 17 415 tani, uchinchi toifaga ijtimoiy himoyaga muxtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogionligi bo‘lgan xonadonlar 1 278 tani va to‘rtinchi toifada iqtisodiy ahvoli yaxshi xonadonlar 4 963 ta ekanligi maʼlum bo‘ldi. Shu bilan birga xatlov jarayonida 5 930 ta ishsiz fuqarolar, shundan 4366 ta fuqarolarda ishlash istagi borligi va 1 020 ta fuqarolarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish hamda 544 ta fuqarolarda kasb-hunarga o‘qish istagi borligi maʼlum bo‘ldi.

Har bir mahallada hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunga qadar 3850 nafar fuqarolar bandligi taʼminlandi va 257 nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishga yo‘naltirildi. Shundan, doimiy ish joylariga joylashtirish hisobiga 826 nafar va o‘zini o‘zi band qilish hisobiga 2 238 nafar hamda xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish hisobiga 786 nafar fuqarolar ish bilan taʼminlandi.

Prezidentimizning 2021 yil 20 dekabrdagi 55-sonli qaroriga muvofiq oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 626 ta loyihaga 18 mlrd. 107 mln. so‘m bank kredit mablag‘lari ajratilishi taʼminlandi. 742 nafar fuqoroga E-Auksion savdolari orqali jami 214 ga yer maydonlari uzoq muddatli ijaraga berildi.

Joriy yilning yanvar-mart oyilarida “Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi”dan hokim yordamchilari tomonidan berilgan tavsiyalar asosida 50 nafar fuqarolar uchun 143,8 mln. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.

Hurmatli tumanimiz aholisi!

Hokim yordamchilarining baholash meʼzonlari bo‘yicha bizning tumanimizdagi 38 nafar hokim yordamchilari 1-chorak yakuni bo‘yicha o‘rtacha 79 ball. to‘plashdi. Hokim yordamchilarining 5 nafari yoki 13.1 foizi aʼlo 90 balldan yuqori ball to‘plashganini alohida aytib o‘tmoqchiman. Hokim yordamchilari bilan birgalikda ishlab chiqarish korxonalarimizni mahallabay ishlash tizimi orqali ish o‘rinlarini yaratishga katta eʼtibor qaratmoqdamiz.

Misol uchun, “Sarvar klaster MCHJ” tomonidan 20 ta maxallalarda jami loyiha qiymati 4,0 mlrd so‘m bo‘lgan har bir tikuvchilik sehida 50 ish o‘rnidan iborat bo‘lgan tikuvchilik koperatsiyasi tashkil etish orqali 2,0 ming nafar xotin-qizlarni bandligini taminlash rejalashtirilgan bo‘lsa, tumanimizdagi “Quyosh” MFYda lider tadbirkor orqali issiqxonachilik koperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va “Quyosh”, “Elobod”, “Zarshunos”, “Navro‘z” maxallalriga tomorqa xizmati ko‘rsatish orqali minga yaqin xonadonlarda issiqxona xo‘jaligini tashkil etish maqsadida 30 mlrdso‘m miqdorda qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish taklifi berilib, bugungi kunda 200 ta xonadonning jami 1.2 ga yer maydonida issiqxona qurish ishlariga dastlab 6.6 mlrd so‘mkredit mablag‘lari ajratish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, “Intilish” mahallasidagi “Sirdaryo chorva parranda” MCHJ tomonidan parrandachilik kooperatsiyasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 404 ta xonadanga 42 ming boshdan ziyod parrandalar tarqatildi. Bundan tashqari 20 ta mahalla markazlarida Ayollarni sog‘lomlashtirishda Fitnes markazlari tashkil etish ishlari ham boshlab yuborildi.

Hurmatli brifing ishtirokchilari!

Tumanimiz aholisi tomonidan yetishtirilayotgan qishoq xo‘jligi mahsulotlarning qo‘shimcha qiymatini tumanimizda qoldirish bo‘yicha, kichik-kichik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va uy sharoitida saqlash omborchalarini ko‘paytirish bo‘yicha amaliy ishlari ham olib borilmoqda.

Tumanimiz bo‘yicha barcha belgilab olgan ishlar doirasida yil yakuniga qadar 12 ming 930 nafar aholi bandligi taʼminlanadi. Sohalar va yo‘nalishlar bo‘yicha aniq xisob-kitoblar qilib olganmiz. Jumladan, 2022 yilda hududiy investitsiya dasturlari doirasida 66 ta 1 trln 883 mlrd 441 mln. so‘mlik yirik loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 3 674 ta doimiy yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ushbu mablag‘larning 1750 mlrd so‘mini sanoat yo‘nalishidagi loyihalariga, 4,5 mlrd so‘mi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalariga hamda 129 mlrd so‘mi xizmat ko‘rsatish sohasiga yo‘naltirishni belgilab olingan. Tuman bo‘yicha barcha belgilab olgan ishlar doirasida yil yakuniga qadar belgilab olgan rejaga nisbatan qolayotgan 9 ming nafar aholi bandligi taʼminlanadi. Sohalar va yo‘nalishlar bo‘yicha aniq xisob-kitoblar qilib olganmiz.

Hurmatli brifing qatnashchilari!

2022 yil uchun tumanimizda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga aniq chora-tadbirlar asosida yo‘l xaritasini belgilab olganmiz va bajarilishini to‘liq taʼminlaymiz.

Eʼtiborlaringiz uchun raxmat!

Sirdaryo tumani hokimligi Axborot xizmati

By admin