Assalomu alaykum hurmatli tumanimiz fuqarolari!

Aziz yurtdoshlar!

Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 19 aprel kuni “Mahallabay ishlash tizimi natijadorligini yana-da oshirish hamda aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Mahallalarda yashash sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng asosiy ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Berilgan topshiriq va vazifalardan kelib chiqib, 2022 yil yakuniga qadar tumanimizda jumladan barcha mahallalarda amalga oshiriladigan bir qator ishlarni rejalashtirib oldik.

Ushbu rejalar haqida gapirishdan oldin tuman mahallalarida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha maʼlumot berib o‘tmoqchiman.

Barchangizni xabaringiz bor, Muhtaram Prezidentimizning 2021 yil 3 dekabridagi PQ-31-son qarorlari bilan Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati tashkil etildi. Bugungi kunda tumandagi mavjud 18 ta mahallada Hokim yordamchilari faoliyat olib bormoqdalar. Joriy yilning 10 may kuniga qadar ular tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

1. Xonadonlarni o‘rganish bo‘yicha:

tumandagi mavjud 14256 (100%) xonadonlar xatlovdan o‘tkazilib, 4 ta toifaga ajratib olindi,

birinchi toifa – daromadi kam, biroq daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar 9,8 foiz (1,4 ming) ni;

ikkinchi toifa – doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagidagi xonadonlar 62,1 foiz (8,7 ming) ni;

uchinchi toifa – ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan xonadonlar 6,2 foiz (0,8 ming) ni;

to‘rtinchi toifa– iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar 23,3 foiz (3,3 ming) ni tashkil qilmoqda.

O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra mavjud xonadonlarda 3,2 ming nafar ishsiz fuqarolar aniqlanib, ularning:

— 973 nafari ishlashga;

— 443 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishga;

— 752 nafari tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga;

— 552 nafari kredit olishga;

— 505 nafari ijarga yer olishasosida ishlashga xohishi borligi aniqlandi.

2. Aholi bandligiga ko‘maklashish va kasb-hunarga o‘qitish

O‘tgan 4 oy davomida hokim yordamchilari mehnat organlari bilan hamkorlikda 1 512 nafar fuqarolarni bandligiga ko‘maklashildi. Shundan, 223 nafari yangi va bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga joylashtirildi, 330 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi hamda 959 nafari o‘zini-o‘zi band qilgan sifatida davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shu bilan birga, 194 nafar ishsiz fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishga yo‘naltirilib, “Ishga marhamat” monomarkazlari va boshqa nodavlat taʼlim muassasalarida o‘qitilmoqda.

Masalan, “Navbaxor” MFYda fuqaro Lobar Xayitova “Oqoltin kasb-hunarga o‘qitish markazining” mahallada joylashgan maskanida ayollar sartaroshligi yo‘nalishi bo‘yicha, “Oqoltin” MFYda fuqaro Dilafro‘z Sharifitduniova Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida uy hamshiraligi yo‘nalishida taʼlim olmoqda.

3. Kredit va subsidiyalar ajratilishi bo‘yicha:

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit ajratish uchun online-mahalla.uz platformaga 1372 ta arizalarning 1365 tasi (99,4%) hokim yordamchilari tomonidan ko‘rib chiqilib, ularning 521 tasi (38,2%)ga tavsiyanomalar berilgan.

Dastur doirasida 8,4 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilib, 281 nafar fuqarolarni bandligi taʼminlandi.

Bu borada “Navbahor” (1,2 mlrd.), “Navro‘z” (822,5 mln.), “Bog‘iston” va “Do‘ngariq” (843,9 mln.) mahallarida yuqoriroq natijalarga erishildi.

Masalan, Bog‘iston MFYda yakka tartibdagi tadbirkor Jamshid Mamatqulovga ajratilgan 80 mln.so‘m kredit mablag‘i hisobidan shaxsiy xonadonida intensiv baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi.

Bundan tashqari, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 163,7 mln so‘m subsidiya ajratilib121 nafar fuqaroni bandligi taʼminlandi.

Masalan, “Mirzo Ulug‘bek” MFYda Gulsun Yo‘lbarsova 3.2 mln.so‘m subsidiya mablag‘i hisobidan tikuv mashinasi olib berish natijasida o‘zini-o‘zi band qilgan holda doimiy daromad manbai bilan taʼminlandi, “Navro‘z” MFyda Gulsara Ashurovaga ajratilgan 810 ming so‘m subsidiya mablag‘lari hisobidan hunarmandchilik uyushmasiga aʼzolik badali to‘lab berildi.

4. Yer maydonlari ajratish

Mirzaobod tumanida umumiy maydoni 447,6 gektar bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish maqsadida 805 ta lotlarga bo‘linib, elektron tanlov (auksion)ga chiqarildi. Shundan auksion natijasiga ko‘ra bugungi kunda 447,6 gektar yer maydonlari 805 nafar fuqarolarga rasmiylashtirildi.

Masalan, tumanidagi ishsiz, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 339 nafar fuqarolarga 1 gektargacha bo‘lgan yer maydoni ajratilib berilib o‘z faoliyatini boshladi.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan ijobiy ishlar amalga oshirilishi natijasida Hokim yordamchilarining 1 chorak natijadorligi bo‘yicha Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan baholash mezoni bo‘yicha Mirzaobod tumani 83 ball bilan viloyat bo‘yicha yuqori 2-o‘rinda yakunladi.

Hurmatli tumanimiz fuqarolari!

Gapimni avvalida aytib o‘tganimdek qayd eitb o‘tilgan ishlarni davom ettirgan holda mahalla faollari bilan maslahatlashib, joylarda aholimizni qiynayotgan muammolarni o‘rgangan holda joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi ishlarni rejalashtirdik. Jumladan:

1.) Kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha (yo‘l va transport, elektr tarmoqlari, gaz tarmoqlari, ichimlik suv)

mahallalarda aholini yashash sharoitlarini yaxshilashga maqsadida 1 mlrd. 705 mln.so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidantumanidagi 21,3 km taʼmirtalab yo‘llarni shag‘allashtirish ishlarini amalga oshiriladi.

Korxona va tashkilotlarning 1 mlrd. 387 mln.so‘m mablag‘lari hisobidan tumanning 20 ta ko‘chalaridagi kam quvvatli eski 12 dona transformatorlarni hamda 446 ta yaroqsiz sim yog‘ochlar yangisiga almashtiriladi va 344 ta tungi chiroqlarni almashtirish orqali elektr taʼminoti yaxshilanadi.

Mahalliy byudjetning 335,0 mln.so‘m mablag‘i hisobidan tumanidagi 6,5 km taʼmirtalab ichimlik suvi tarmoqlari taʼmirlanadi va 4 km yangi suv tarmoqlari tortilishi orqali ichimlik suvi taʼminotini yaxshilashga erishiladi.

Tuman mahalliy byudjetining 625,0 mln.so‘m mablag‘lari hisobidan tuman hududidan o‘tuvchi magistral yo‘l yoqasidan maktabga qatnovchi o‘quvchilarga 5000 metr masofaga piyodalar yo‘lakchasini barpo etiladi.

Byudjet hamda korxona va tashkilotlarning 10,0 mlrd. so‘mlik mablag‘lari hisobiga T.Axmedov hamda Oqoltin mahallalarini Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturida belgilangan obyektlar o‘z muddatida foydalanishga topshiladi

Byudjet mablag‘lari hisobidan tumandagi 2 ta maktab (“Navro‘z” va “Toshkent” mahallalarida) hamda 1 ta viloyat yuqumli kasalliklar dispanseriga bino holatini o‘rganib, yangi qurish, mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha taklifini ishlab chiqiladi.

2. Tadbirkorlikni rivojlantirish va kreditlar ajratilishi bo‘yicha:

Joriy yil yakuniga qadar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jami 57,1 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratish belgilangan.

Jumladan, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 25,5 mlrd.so‘m, “Fermerlar jamg‘armasi”dan 2 mlrd.so‘m, Hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 1,5 mlrd.so‘m, Xotin-qizlar tadbirkorligi uchun 17,7 mlrd.so‘m, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida 9,8 mlrd.so‘m va “Bandlikka ko‘maklashishi dasturi” bo‘yicha 0,6 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Tumandagi 8 ta korxonalar faoliyatini qayta tiklash va kengaytirish, kam quvvat bilan ishlayotgan 2 ta korxonalarni quvvatlarini tiklash hamda 20 ta korxonada norasmiy ishlayotgan ishchilarni legallashtirish hisobiga jami 150 nafar fuqaro ish bilan taʼminlanadi.

Hududimizdagi 15 gektar yer maydonida tashkil etilgan Kichik Sanoat Zonasida qiymati 84,7 mlrd so‘mlik 6 ta loyihalar amalga oshiriladi hamda 151 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

3.) Aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

— 1495 nafar fuqaroga ishga joylashishga ko‘maklashiladi;

— 215 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishiga jalb etiladi;

— 423 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitiladi;

— 250 nafar fuqarolarga subsidiya ajratiladi;

— 205 nafar fuqaroga ishsizlik nafaqalari tayinlanadi.

Muhtaram Prezidentimiz topshiriqlari bilan bugungi kunda hududlarda sektorlar tomonidan ijtimoiy daftarlar bilan ishlar tashkil qilingan. Tumanimizda ushbu daftarlar yuritila boshlagandan buyon “Temir daftar”ga 1596 ta oila, “Ayollar daftari”ga 4693 nafar ayollar hamda “Yoshlar daftari”ga 2600 nafar fuqarolar kiritildi.

Joriy yil yakuniga qadar 3 ta daftarda faqat 461 ta ijtimoiy himoyaga muxtoj va nogironligi bo‘lgan fuqarolardan tashqari barchasini daftarlardan chiqarilishi taʼminlanadi.

Eʼtiborlaringiz uchun rahmat!

Mirzaobod tumani hokimligi Axborot xizmati

By admin