Bolalar uchun yozgi dam olish mavsumi boshlanganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-149 sonli qaroriga asosan, xorijda mehnat migratsiyasida yurgan va oilasi ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan (temir daftar, ayollar , yoshlar daftari) oilalarning farzandlarini Kasaba uyushmasi federatsiyasi tomonidan beriladigan bepul yo‘llanmalarni olish uchun ro‘yxatga olish (arizalarni elektron jo‘natishga ko‘maklashish) davom etayotganligini bildiramiz.

Agar Sizning oilangiz shu talablarga javob bersa, farzandingizni bepul oromgohlarda dam olishi uchun harakat qiling va Guliston shahar «Ishga marhamat» monomarkazi binosining 2-qavatida joylashgan Tashqi mehnat migratsiya agentligining Sirdaryo mintaqaviy filialiga murojaat qiling.

Manzil: Guliston shahar, Xondamir ko‘chasi 47 uy (avvalgi  Axborot kolleji binosi).

Telefon: +99867-2255559

Tashqi mehnat migratsiya agentligining Sirdaryo mintaqaviy filiali

By admin