1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun har yili eng begʻubor va quvonchli bayram sifatida keng nishonlanadi. Bolalar bizning nurli kelajagimiz, ezgu ishlarimiz va hayotimiz davomchilari, istiqbolimiz egalaridir. Ular bilan hayotimiz obod, koʻnglimiz charogʻon. Shu sababli ham farzandlarimiz baxtli boʻlishlari uchun barcha diqqatu eʼtiborni berishga tayyormiz. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir mahalla, hamda oila va har bir ota-onaning muqaddas burchiga aylangan.

Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: «Oʻzbekiston — bolajon yurt, xalqimiz esa azaldan bolajon xalq. Ilmu ziyoli oilada tarbiya olgan farzandlar maʼrifatga intilib yashaydi, oliy maqsadi sari harakat qiladi. Buni hayotning oʻzi koʻrsatib turibdi!»

Yurtimizda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan gʻamxoʻrliklar ogʻushida bugungi bolalar kunini dillarda quvonch bilan nishonlamoqda. Xususan, Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi va hududiy Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari rahbarlari hududlardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bo’lishib, bolajonlarga bayram quvonchlarini ulashishdi. Ertak kitoblari, bolajonlar aqlini rivojlantiruvchi va ularni ijodga undovchi o’quv qurollari sovg’a qilindi.

Bayram tadbirlari viloyatimizning barcha tuman-shaharlarida qizg’in davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin