Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveytsariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Nomzodlar uchun talablar:

— Umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli bo‘limlarida kamida 2 yillik tajribaga ega hamshiralar (faqat bemorlarni parvarishlagan) bo‘lishi;
— 39 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
— shifoxonada ish tajribasiga ega bo‘lishi (stomatolog, o‘qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug‘ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);
— sudlanmagan bo‘lishi;
— jismonan sog‘lom bo‘lishi;
— tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan bo‘lishi;
— bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
— Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida o‘qish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
— nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasligi;
— Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi;

Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

— Toshkent shahrida bepul turar joy;
— o‘quv xonasi;
— oylik stipendiya.

Shuningdek, «GLOBOGATE Concept AG.» quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

— nemis tili o‘qituvchisi va o‘quv materiallari;
— til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
— hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
— o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
— Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
— mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 100 yevrodan boshlanadi, nafaqa, sug‘urta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qo‘llab-quvvatlash.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun

👉 Batafsil maʼlumot olish

☎️ Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 40, 88) yoki 1282 qisqa raqami.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Axborot xizmati

By admin