Mehnat kodeksining 131-moddasiga binoan, quyidagi kunlar bayram (ishlanmaydigan) kunlardir:

1 yanvar — Yangi yil;
8 mart — Xotin-qizlar kuni;
21 mart — Navro‘z bayrami;.
9 may — Xotira va qadrlash kuni;
1 sentyabr — Mustaqillik kuni;
1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8 dekabr — Konstitutsiya kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

Mehnat kodeksining 121-moddasiga asosan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Ertaga, 9 iyul (shanba) – Qurbon hayit (Iyd al-Adha) bayrami. Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kun hisoblanadi.

Demak, bugun – barcha xodimlar odatdagidan 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati

By admin