Tanlov, joriy yilning 12 iyul kuni Guliston shahridagi (3-mavze) Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi “Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi”da soat 09:00da boshlanadi.

Nomzodlardan maʼlumoti o‘rta maxsus, o‘zbek tilini mukammal darajada bilish, masʼuliyatli va tartibli bo‘lish, diqqatlilik bo‘lish talab etiladi.

Ishchining vazifalari asbob-uskunalarni muvofiqlashtirish va o‘rnatish, qismlarni yig‘ish, qolipdan tayyor mahsulotlarni yechib olish, ish joyiga o‘z vaqtida yetib kelish va korxona talablariga rioya qilishdan iborat. Mehnat sharoitlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida rasmiy ishga joylashish, korxona hisobidan ertalab nonushta, mazali tushlik, poldnik va kechki ovqat, martabada o‘sish imkoniyatlari, barcha sharoitlarga ega ish joyi, o‘z vaqtida beriladigan ish xaqi (oyiga ikki marta).

Ish haqqi 2 000 000 so‘mdan boshlanadi. Shuningdek, yotoqxonalar tashkillashtirib beriladi. Ish vaqti 08:00dan 19:00gacha, 18-40 yoshgacha bo‘lgan odamlarni ishga qabul qilinadi!

Qo‘shimcha maʼlumotlarni, tuman va shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari mutaxassislaridan olishingiz mumkin!

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin