Ilyor Axmad o‘g‘li 1977 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Maʼlumoti oliy. 1999 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Guliston shahar, Boyovut tumani Moliya bo‘limi rahbari, Guliston shahar hokimining birinchi o‘rinbosari kabi turli lavozimlarda faoliyat yuritgan (suratlar arxivdan, Yangiyer shahar aholi Bandligiga ko‘maklashish markazi binosining foydalanishga topshirish marosimidan olingan).

Yangiyer shahar aholisining bandligi taʼminlanishida o‘zining barcha kuch-g‘ayratini ayamagan, masʼuliyatli rahbar, samimiy va kamtarin inson sifatida Ilyor Axmadovichning yorqin xotirasi bandlik sohasi xodimlari qalblarida mangu qoladi.

Murodjon Muhammadiyev,
Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i

Jamshid Alimov, Nurilla Mamatqulov,
Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari (shuningdek, boshqarmaning barcha xodimlari)

G‘ayrat Sariyev,
Yangiyer shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori (shuningdek, markazning barcha xodimlari)

To‘lqinjon Abdurazzoqov,
Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i

Sirojiddin Isroilov,
Tashqi mehnat migratsiya agentligining Sirdaryo mintaqaviy filiali rahbari

Farxod Qarshiboyev,
Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi direktori

Bunyod Jo‘rayev,
Xovos kasb-hunarga o‘qitish markazi direktori

By admin