Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi: Voronej migratsiya markazida O‘zbekiston fuqarosi bilan yuz bergan hodisa yuzasidan

Voronej shahridagi migratsiya markazida o‘zbekistonlik mehnat migranti bilan yuz bergan hodisa haqida ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Videodagi hodisani 28 iyunda Voronej migratsiya markazi binosida O‘zbekiston fuqarosi M.I. tasvirga olgan va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Voronejdagi vakiliga 1 iyulda taqdim etgan. Mamlakatimizning Moskva shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda videodagi fuqaro shaxsi aniqlashtirilib, 4 iyulda uchrashuv tashkil etilgan. Fuqaro A.G‘. 2022 yil 1 iyunda ishlash maqsadida Voronej shahriga borgani, hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 28 iyunda Migratsiya markazida barmoq izlari topshirish jarayonida masʼul xodim tomonidan kuch ishlatilgani va sog‘lig‘idan shikoyati yo‘qligini maʼlum qilgan.

Ushbu hodisa batafsil o‘rganilib, qo‘shimcha maʼlumotlar bilan tegishli organlarga nota kiritilgan (07.07.2022 yil).

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi: Voronej migratsiya markazining O‘zbekiston fuqarosiga qo‘pollik qilgan xodimi ishdan bo‘shatildi

Voronej shahridagi migratsiya markazida o‘zbekistonlik mehnat migranti bilan yuz bergan hodisa yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilingani haqida maʼlumot berilgan edi. Ushbu murojaat asosida Voronej shahri IIB tomonidan Migratsiya markazi xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili ishtirokida surishtiruv ishlari olib borildi.

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya markazida yollanma ishchi sifatida faoliyat yuritib kelgan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan (09.07.2022 yil).

By admin