Taniqli bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev kanalida yozilishicha:

11 iyul — dushanba, Prezident Farmoniga muvofiq barcha xodimlar uchun dam olish kuni;

12 iyul — seshanba:

a) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 16 iyul — shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Avvalroq, 9-iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilanishi munosabati bilan, o‘zbekistonliklar ish haftasining turidan qat’i nazar bayram kunlari 4 kun dam olishlari haqida xabar berilgandi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin