Guliston «Ishga marhamat» monomarkazida viloyatdagi xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun “Pilot” loyixasi doirasida Rossiya Federatsiyasining OOO “Velesstroy” qurilish online tarizda bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federasiyasiga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovda 80 nafardan ortiq fuqarolar OOO “Velesstroy” korhonasi tomonidan taklif etilayotgan ishlarga korxona vakillari bilan savol-javob shaklida suhbat olib borildi. Kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida 30 nafardan ortiq fuqarolar ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olindi.

Tanlovda fuqarolar o‘zlari qiziqqan savollarga, ya’ni ish vaqtlari va agar qo‘shimcha ishlash imkoniyatlari bo‘lsa u bilan bog‘lik ish haqlari, yashash sharoitlari, patent va transport (ketish bilan bog‘liq yo‘l harajatlari v.h.k) harajatlari bilan bog‘liq masalalarda javoblar olishdi.

Tashqi mehnat migratsiya agentligining Sirdaryo mintaqaviy filiali

By admin