Bu haqda Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining tegishli qarori imzolangan bo‘lib, mazkur hujjat “E-Qaror”ga joylashtirilgan:

Kengash qarori bilan, shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori G‘ayrat Sariyevning 2022 yil I yarim yilligi davomida “Yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash” borasida amalga oshirilgan ishlari maʼlumot uchun qabul qilindi hamda uning zimmasiga jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadigan Jamoat ishlariga band bo‘lmagan aholini bosqichma-bosqich jalb etib borish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, G‘ayrat Sariyevga mazkur qarorda qator topshiriqlar berilganligi qayd etilgan bo‘lib, ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R.Botirov zimmasiga yuklatildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin