Yangi ish o‘rinlarini yaratish o‘sha hududni turmush farovonligi va yashash sifatini ko‘rsatib beruvchi muhim omil hisoblanadi.

Qolaversa so‘nggi yillarda respublikamiz hududida qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirildi. Hozirda, ushbu islohotlar zamirida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini takomillashtirish va kengaytirish asosiy vazifa sifatida qaralmoqda.

Xususan, Xovos tumanidagi «Textile fashion» tikuvchilik firmasi bir necha yillardan buyon samarali ishlab kelmoqda. Bugun sektor rahbarlari ushbu korxonada bo‘lib, jami 2 mln. AQSH dollari bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga 150 ta yangi ish o‘rinlari yaratish va yillik 5 mln. AQSH dollarilik eksportni amalga oshirish bo‘yicha MCHJ masʼul hodimlari bilan kelishib oldi.

Shuningdek, yangi ish o‘rni tashkil etiladigan binodagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Ishchilarga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi. Bundan tashqari, ishchilarning munosib xordiq chiqarishi, ovqatlanishi hamda transport xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

Xovos tumani hokimligi Axborot xizmati

By admin