Bu haqda Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining tegishli qarori imzolanib, “E-Qaror”ga joylashtirildi:

Kengash qaroriga muvofiq, Guliston shahrida 2022-yil II choragi davomida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda Bandlik dasturi ijrosini taʼminlash bo‘yicha Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi shahar bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Nodirbek Najmiddinovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilindi. Shuningdek, mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʼyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklandi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin