Avval xabar berganimizdek, bugun 20-iyul kuni Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan OAV vakillari, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq faollari hamda viloyatdagi boshqarmalar, tashkilotlar, muassalar, idoralar shuningdek mahalliy hokimliklar axborot xizmatlari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumani avvalida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev tomonidan viloyat miqyosida bandlik sohasida 2022 yilning yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tahliliy maʼlumoti o‘qib eshittirildi.

Matbuot anjumani davomida, ishtirokchilar tomonidan soha rahbarlariga keng jamoatchilikni qiziqtirayotgan, ularni o‘ylantirayotgan hamda yechimini kutayotgan muammolar xususida ochiq savollar yo‘llandi.

Shu kabi yo‘llangan savollardan biri bevosita Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan Sirdaryo viloyatida byudjet tashkilotlarida tekshirishlar o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘ldi. Mazkur savolga Sirdaryo viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig’i o’rinbosari Azizbek Aliqulov tomonidan batafsil maʼlumot berilgandi.

Keyinchalik savollar davomida javob tariqasida ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish borasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev axborot bergandi.

O‘z navbatida matbuot anjumani ishtirokchilari tomonidan sirdaryolik fuqarolar orasida xorijda ishlash jarayonida vafot etish holatlari sodir bo‘lgan yoki bo‘lmaganligiga qiziqish bildirildi. Tashqi mehnat migratsiya agentligining Sirdaryo mintaqaviy filiali rahbari Sirojiddin Isroilov joriy yil birinchi yarim yilligida bu kabi holatlar sodir bo‘lganligini taʼkidlagandi.

Tadbir davomida joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida mehnatga haq to‘lash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning sohaga oid murojaatlari matbuot anjumani ishtirokchilarini befarq qoldirmadi.

Murodjon Muhammadiyev bandlik sohasiga oid keng jamoatchilik vakillari tomonidan berilayotgan savollarga javob berar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4502-son qarori ijrosi bo‘yicha bugungi kunga kelib viloyatimiz hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 22 009 ta yuridik korxona va ularda ishlovchi 153 848 nafar xodimlardan 131 058 nafarining mehnat faoliyatiga oid maʼlumotlari “YAMMT” IDAK dasturiga kiritilishi taʼminlanib, qo‘shimcha targ‘ibot va monitoring ishlari olib borilayotganligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid raqamlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

«Bosh boshqarma hamda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga jami 2 645 ta murojaat kelgan bo‘lib, shulardan 470 tasiga tushuntirish, 834 tasi qanoatlantirish, 6 ta rad etilgan va 27 ta murojaat esa o‘rganish jarayonida. Joriy yilda viloyat bandlik bosh boshqarmasiga turli masalalardagi (ish bilan taʼminlash, ijtimoiy to‘lovlar, tashqi mehnat migratsiyasi masalalariga oid, mehnat huquqlari) masalalarida Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdagi, bu yo‘nalishda ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan murojaatlar soni ko‘payib borayotganligi kuzatilmoqda.

Ushbu murojaatlarni joyiga chiqqan holda bartaraf etish va muommolarni joyida hal qilish maqsadida bosh boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosarlari tasdiqlangan reja grafik asosida joylarga chiqqan holda o‘tgan davr mobaynida 296 ta sayyor qabullar tashkil etildi», — deydi boshqarma boshlig‘i.

Matbuot anjumaniga oid qiziqarli maʼlumotlar qo‘shimcha tarzda yoritilib boriladi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin