Avval xabar berganimizdek, bugun 20-iyul kuni Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan OAV vakillari, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq faollari hamda viloyatdagi boshqarmalar, tashkilotlar, muassalar, idoralar shuningdek mahalliy hokimliklar axborot xizmatlari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumani avvalida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev tomonidan viloyat miqyosida bandlik sohasida 2022 yilning yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tahliliy maʼlumoti o‘qib eshittirildi.

Matbuot anjumani davomida, ishtirokchilar tomonidan soha rahbarlariga keng jamoatchilikni qiziqtirayotgan, ularni o‘ylantirayotgan hamda yechimini kutayotgan muammolar xususida ochiq savollar yo‘llandi.

Shu kabi yo‘llangan savollardan biri bevosita Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan Sirdaryo viloyatida byudjet tashkilotlarida tekshirishlar o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘ldi. Mazkur savolga Sirdaryo viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig’i o’rinbosari Azizbek Aliqulov tomonidan batafsil maʼlumot berilgandi.

Keyinchalik savollar davomida javob tariqasida ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish borasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev axborot bergandi.

Matbuot anjumani ishtirokchilari tomonidan sirdaryolik fuqarolar orasida xorijda ishlash jarayonida vafot etish holatlari sodir bo‘lgan yoki bo‘lmaganligiga qiziqish bildirildi. Tashqi mehnat migratsiya agentligining Sirdaryo mintaqaviy filiali rahbari Sirojiddin Isroilov joriy yil birinchi yarim yilligida bu kabi holatlar sodir bo‘lganligini taʼkidladi.

Xususan, birinchi holatda Rossiya Federatsiyasida ishlagan «Russkiy mintay» baliqni qayta ishlash korxonasida og‘ir bemor bo‘lgan fuqaro vafot etganligi, Respublika Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga yurtimizga olib kelinganligi, keyingi holatda Rossiya Federatsiyasi (Simferopol oblasti) Alushta shahrida oshpaz bo‘lib ishlagan fuqaroni joriy 16-iyul kuni avtomobil urib ketganligi oqibatida vafot etganligi, uning qarindoshlari yozgan arizasi asosida yaqin kunlarda yurtimizga olib kelinishi maʼlum qilindi.

Sirojiddin Isroilov viloyat miqyosida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tdi va quyidagilarni maʼlum qildi:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlari soni o‘rtacha 35,7 ming kishini tashkil etadi. 2022 yil yanvar-iyun oylari davomida 195 nafar fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan chet elga ishga joylashtirildi.

Jumladan, Rossiya Federatsiyasiga 130 nafar, boshqa 65 nafar. Xorijda ishlash istagida bo‘lgan 673 nafar fuqarolarning 492 nafari kasb-hunarga va 181 nafari rus, koreys, ingliz va boshqa tillarga o‘qitildi. 111 nafar fuqarolalning hayoti va sog‘ligi hamda mikroqarz qaytarilmaslik tavakkachiligi sug‘urtalandi.

Salohiyatli xorijiy ish beruvchilar bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida hamkorlik shartnomalari soni 5 taga yetkazildi. Hamkorlik doirasida 1,2 mingta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlandi (jumladanRossiya –1000 ta, Qozog‘iston –200 ta).

Mahalla va mehnat organlari bilan hamkorlikda “Mahalla-mehnat organlari – sektor – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi filiali” tizimi bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Jami 6,6 ming xorijda ishlab qaytib kelgan mehnat migrantlari doimiy va vaqtinchalik ish bilan band etildi. Jumladan, 288 nafar migrantlar bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga joylashtirildi, 93 nafar migrantlar subsidiya berish orqali bandligi taʼminlangan, 110 nafar jamoat ishlariga jalb etildi, 201 nafariga tadbirkorlikka jalb qilish va kredit ajratishda ko‘maklashildi.

Matbuot anjumaniga oid qiziqarli maʼlumotlar qo‘shimcha tarzda yoritilib boriladi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin