AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi, vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mavjudaxon Mirzayeva ishtirokida «Davlat mehnat inspeкsiyasi tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili» mavzusida brifing o’tkazildi.

Joriy yilning 6 oyi davomida 14 mingta korxonalarda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, unda 41 ming 150 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan, ularni bartaraf etish bo‘yicha ish beruvchilarga 5 ming 688 ta yozma ko‘rsatma va 1 ming 866 ta taqdimnoma kiritildi, 5 ming 935 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 12 mlrd. so‘mdan ortiq miqdorda maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi.

3 ming 146 ta holatda ish haqini belgilangan muddatlarda to‘lab bermaslik, 3 ming 123 ta holatda taʼtillar berish tartibiga rioya etmaslik, 1 ming 627 ta holatda aholini ish bilan taʼminlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, 1 ming 116 ta mehnat daftarchalarini yuritish tartibini buzish, 782 ta holatda mehnat shartnoma tuzmasdan, norasmiy ravishda xodimlar mehnatidan foydalanish, 756 ta noqonuniy ishdan bo‘shatish holatlari aniqlangan.

Shuningdek 13 ming 868 ta xolatda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik aniklangan. Jumladan, 1 ming 835 ta holatda xodimlar mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi yo‘l yo‘riqlaridan o‘tkazilmasdan ishlashiga ruxsat berilgan, 1 ming 605 ta   holatda korxonada mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va bilimlarini tekshirish tashkil etilmagan, 878 ta holatda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar va rejalar ishlab chiqilmagan, 796 ta holatda xodimlar maxsus kiyimlar bilan taʼminlanmagan, 719 ta korxonalarda xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagan, 639 ta tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etilmagan, mehnat sharoitlari attestatsiyadan o‘tkazilishi majburiy bo‘lgan 501 ta korxonalar ushbu attestatsiyani o‘tkazmagan.

Joriy yilning 6 oyi davomida ishlab chiqarishda yuz bergan 357 baxtsiz hodisalar belgilangan tartibda maxsus tekshirildi, shulardan 76 tasi  o‘lim bilan tugagan, 257 tasi  ta oqibati og‘ir va 24 tasi guruxiy baxtsiz hodisalarni tashkil etdi. Yuz bergan baxtsiz hodisalar natijasida 105 nafar  xodim halok bo‘lgan, 277 nafar xodim og‘ir tan jarohati va 9 nafari yengil tan jarohati olgan. Tekshirish jarayonida 2 ming 423 ta aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 284 ta yozma ko‘rsatmalar berildi hamda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yganligi uchun 207 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 458 mln. so‘mdan ortiq miqdorda maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi.

Konun buzilishlarning eng ko‘p xalq taʼlimida, yaʼni 11 ming 916 ta holatda xodimlarning mehnat huquqlari buzilgan. 4 ming 881 ta   tibbiyotda, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 3 ming 905 ta2 ming 237 ta  qishloq xo‘jaligida, 1 ming 977 ta  holatda qurilishda, 1 ming 127 ta  oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalarida, 716 ta neft-gaz korxonalarida, 552 ta transport sohasida, 444 ta sanoat korxonalarida va 356 ta savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida mansabdor shaxslari tomonidan konun buzilish sodir etilgan.

Xodimlarni buzilgan mehnat huquqlarini tiklash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida 623 nafar xodimlar noqonuniy ishdan bo‘shatilganligi sababli ishga tiklandi, shundan 287 nafari ayollarni tashkil etadi, 1 ming 584 nafar fuqarolarni jami 8 mlrd. so‘mga yaqin miqdordagi ish haqlarini undirish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga daʼvo arizalar kiritilib, undirib berildi, 24 ta holatda baxtsiz hodisalar tufayli xodimlar yoki ularning oila aʼzolariga 1 mlrd. so‘mdan ortiq miqdordagi tovon pullari undirib berildi, 11 ming 604 nafar fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi natijasida 6 ming 551 ta murojaatlar qanoatlantirildi va 4 ming 57  nafar fuqarolarni buzilgan mehnat huquqlari tiklandi, 4 ming 546 nafar fuqarolarga tegishli maslahat va tushuntirishlar berildi, korxona va tashkilotlarda ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari xodimlarni ishga jalb etishda qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda monitoringlar o‘tkazilmoqda, ushbu monitoringlar davomida 194 ta xodimlarning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi.

Fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, ish beruvchilarga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llanilishi yuzasidan jami

2 ming 959 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Shundan 117 tasi ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan, 219 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilgan 2 ming 27 marotaba ish beruvchilar bilan joylarda seminarlar o‘tkazilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati

By admin