Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi binosida xorijda ishlash istagida boʼlgan fuqarolar uchun Bandlik bosh boshqarmasi hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sirdaryo viloyati filiali tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun “Pilot” loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining OOO “Velesstroy” qurilish korxonasi vakillari ishtirokida tanlov oʼtkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federasiyasiga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovda 75 dan ortiq nomzodlar ishtirok etib shundan 25 nafari kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olindi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli oʼtib, tibbiy koʼrik natijalari ijobiy chiqqan fuqarolar ushbu davlatga ishlash uchun joʼnatiladi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin