Avvalroq, joriy yilning 12-iyul kuni Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida viloyat Bandlik bosh boshqarmasining Toshkent shahridagi “Texnopark” MCHJ bilan hamkorlik kelishuviga muvofiq sovutgichlar ishlab chiqarishni yig‘uvchi vazifasiga ishchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazilganligi, shuningdek ayni kunlarda, mazkur tanlov asosida viloyatimizning barcha hududlarida, tuman va shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ishchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, ishlash istagidan bo‘lgan fuqarolarning tegishli hujjatlari rasmiylashtirilib borilayotganligi haqida xabarlar berilgandi.

Joriy yilning, 15-iyul kuni viloyat miqyosidagi dastlabki 72 nafar vaqtincha ishsizlar Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasida jamlanib, 3 ta yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar yordamida, boshqarma boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev hamda uning o‘rinbosarlari, shuningdek tuman va shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari direktorlari kuzatuvida Toshkent shahridagi “Texnopark” MCHJga kuzatib qo‘yildi hamda ishchilar korxona tomonidan ajratilgan yotoq joylari bilan taʼminlangandi.

Keyinchalik, 19-iyul kuni navbatdagi 100 nafarga yaqin sirdaryolik ishchilar Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati hamda tuman va shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari direktorlari hamrohligida Toshkent shahridagi “Texnopark” MCHJga kuzatib qo‘yilgandi.

Shuningdek, joriy yilning 22-iyul kuni yana Yana 65 nafar sirdaryolik ishchilar Toshkent shahridagi “Texnopark” MCHJda mehnat faoliyatlarini boshlashgandi.

Navbatdagi bir guruh 36 nafar sirdaryoliklar 26-iyul kuni Toshkent shahridagi “Texnopark” MCHJda qulay sharoitli ishga joylashishgandi.

Kuni kecha, 29-iyul kuni sirdaryolik ishchilarning 46 nafari mehnat shartnomasi asosida «Artel» kompaniyasida ish boshlashdi. Ular ana’anaga muvofiq, Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati hamda tuman va shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari direktorlari hamrohligida Toshkent shahriga kuzatib qo‘yildi. Qulay va shinam ish sharoitlariga ega mazkur «Artel» kompaniyasi bilan tanishtirildi hamda boshlang‘ich amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini boshlashdi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin