Qarorga ko’ra, 2022-yil 1-noyabrdan tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlarga Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi hisobidan:

— parranda (tovuq, bedana, o’rdak, g’oz, kurka), parrandani saqlash uchun katak, ozuqa yemi hamda dori vositalari;
— uzum ko’chati va tok so’risi;
— asalari oilasi, asalari uyasi uchun quti hamda ozuqa yemi;
— quyon, quyon katagi va ozuqa yemi;
— baliq chavoqlari, sun’iy hovuz va ozuqa yemini xarid qilish hamda keyinchalik tomorqa yer egalariga taqdim etish uchun subsidiya ajratiladi.

Bunda, mazkur subsidiya 1 nafar tomorqa yer uchastkasi egasi uchun BHMning 20 baravarigacha (6 mln so’mgacha) miqdorda hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan ajratiladi. 2023-yil 1-yanvardan quyidagilarga ruxsat etiladi:

— YTTga murakkab bo’lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo’yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g’isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni, shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishga;
— qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida YTTni jalb qilishga.

Bunda, YTT umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun 5 nafargacha xodimni yollashi mumkin, umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shug’ullanayotgan hamda kamida 3 nafar xodimni yollagan YTTga Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan mehnat qurollari va asbob-uskunalarni sotib olishga subsidiya (bitta xodim uchun BHMning 15 baravarigacha – 4,5 mln so’mgacha miqdorda) ajratiladi.

Qarorga ko’ra, “Yoshlar daftari” platformasida “Bitiruvchilar bandligi” funksionali joriy qilinadi va bu orqali umumiy o’rta, professional hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining 3 yil davomidagi bandlik holati monitoring qilinadi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin