Bugun, 10-sentyabr kuni O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan mustaqilligimizning 31 yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” anʼanaviy ko‘rik-talovining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov, viloyat bo‘limi raisi Boyjigit Abdullayev va bir guruh ustoz ijodkorlar so‘zga chiqdi va bugungi kunda ommaviy axborot vositalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritishdi.

Tanlovga yo‘nalishlar bo‘yicha 200 dan ziyod ijodiy ishlar qabul qilingan bo‘lib, tanlov hayʼati xulosasiga ko‘ra 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 3 nafardan — jami 15 nafar g‘olib aniqlandi. Xususan, Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari tanlovning «Internet jurnalistika» yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin