Mirzaobod tumani «Yangi hayot» mahallasida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Jamshid Alimov ishtirokida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulida tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbariyati, mahalla raisi, faollari, hokim yordamchisi hamda fuqarolar ishtirok etishdi.

Sayyor qabul davomida aholidan 10 dan ortiq, xususan mehnat qonunchiligi, majburiy mehnat va ishsiz aholi bandligini taʼminlashga doir murojaatlar qabul qilinib, ularning aksariyatiga joyida yechim topilgan, tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, yechimi vaqt talab qiladigan murojaatlarni ijobiy hal etilishi nazoratga olindi.

Shuningdek, fuqarolarga boshqarma rahbariyati (@svbandlikbot) va tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi (@Bandlik_Mirzaobod) bilan Telegram‘da onlayn bog‘lanish imkoniyati yaratilganligi haqida maʼlumot berildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin