Xovos kasb-hunarga o‘qitish markazini muvaffaqiyatli tamomlab, o‘z egallagan hunarlari bilan ishli-joyli bo‘layotganlar soni kundan-kunga ko‘paymoqda. Ular orasida yoshlar va xotin-qizlarning son jihatdan ko‘pligi albatta quvonarli holdir. Markazning «Ayollar sartaroshi» yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagan Yangiyer shahar “Maʼrifat” mahallasida yashovchi fuqaro Sakina Bozorova ham ana shular jumlasidandir. U hozirgi kunda Yangiyer shahridagi “Nozanin” go‘zallik salonida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Biz bilan suhbatda bo‘lgan Sakina Bozorova, yaqinda Davlatimiz tomonidan berilgan imtiyozdan foydalangan holda, mahalladagi hokim yordamchisiga taqdim etgan hujjatlari asosida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha subsidiya olish arafasida ekanligini maʼlum qildi.

Xovos kasb-hunarga o‘qitish markaziga marhamat!

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin