Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarli qilish, bandligini taʼminlash, ularning jamiyatimiz hayotidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, turli sohalarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifaga aylanib ulgurdi. Bu borada Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminash maqsadida qator amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Shirin shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan shahardagi bir guruh ishsiz fuqarolar kasb-hunarga (tikuvchilik yo‘nalishida) o‘qitilib, sertifikatga ega bo‘lganlarning bandligini taʼminlash maqsadida, shahar hududida joylashgan ““EFE-BEY” MCHJga qarshli tikuvchilik fabrikasiga sayohat (ekskursiya) uyushtirildi.

Tashkil etilgan ekskursiya mobaynida tikuvchilik fabrikasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi, shuningdek xotin-qizlar tomonidan ish vaqti, ish haqqi hamda fabrikada yaratilgan boshqa qulayliklar haqida berilgan savollarga fabrika rahbari tomonidan javoblar berildi.

Eʼtiborli jihati shundaki, aksariyat xotin-qizlar mazkur fabrikada ishlash istagini bildirishdi. Endilikda ular o‘zlari yashab turgan hududdagi zamonaviy korxonada shartnoma asosida ish boshlashadi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin