Bugungi kunda yosh mutaxassislarni har tomonlama shakllantirishga eʼtibor har qachongacha nisbatan tezlashtirish ehtiyoji zamon talabiga aylandi, ularni kasbiy faoliyatini oshirishga qaratildi. Tarixiy sharoitlarining o‘zgarishi borasida to‘plangan tajribalarni yoshlar ongiga yetkazish shakllari ham o‘zgarib bormoqda. Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan ustoz-shogird anʼanalari yana-da rivojlantirildi, yangi taʼlim tizimi tashkil etildi. Ustoz-shogirdlik anʼanalari ko‘plab mehnat jamoalarida, shu jumladan, davlat idoralarida ham qo‘llanilayotganligi quvonarli holdir.

Bu kabi tizimli ishlar Sirdaryo viloyatida, xususan Mirzaobod tumanida ham «Ustoz va shogird» anʼanasi davom etmoqda.

— Mirzaobod tumani “Oydin” mahallasida ishsiz xotin-qizlarni kasb hunarga o‘rgatish maqsadida ustoz-shogird anʼanasi asosida tikuvchilik yo‘nalishidagi 3 oylik o‘qishga jalb qilindi, — deydi tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Saidbek Sadirov. — Mazkur mahallada yashovchi Shaxlo Anarqulova va Fotima Qoraqulovalar tomonidan 5 nafardan 10 nafar vaqtincha ishsiz xotin-qizlarni kasb hunarga o‘rgatilmoqda.

Xalqimizda «Ustoz ko‘rmagan shogird — har maqomga yo‘rg‘alar» degan hikmatli ibora bejizga aytilmagan. Bu kabi xayrli ishlar viloyatimiz bo‘ylab davom ettiriladi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin