“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”da xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishi va uning huquqiy oqibatlari, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalariga rioya etilishini tushuntirish borasida oʻtkazilayotgan yigʻilishlarning navbatdagisi Oqoltin tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida boʻlib oʻtdi.

Unda markaz rahbari har bir xodimi bilan birma-bir suhbatlashib, egallab turgan lavozimlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxush xolatlarning oldini olish, korrupsiyadek illatga yoʻl qoʻymaslik, aks xolda ayanchli yakun boʻlishini taʻkidlab oʻtdi.

Shuningdek, oylik munosabati bilan Oqoltin kasb-hunarga oʻqitish markazida oʻtkazilgan targʻibot tadbirida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi yuzasidan maʼruza qilindi.

Xalqimizda kasallikni davolashdan koʻra, uning oldini olish afzal, degan naql bor. Zero korrupsiya keltirib chiqaradigan oqibatlarini kutib turmasdan bu illatga oid jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, ularga chek qoʻyish maqsadga muvofiqdir.

Eslatib o’tamiz, Sirdaryo viloyati bo‘yicha Bandlik sohasida qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, Telegram’dagi @SVBandlik_Anticor, Instagramdagi SVBandlik_anticor va ishonch telefoni +99878-2211002 hamda svbandlik.uz veb sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin: shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik!

By admin