Mirzaobod tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan “Bogʻiston” mahallasida istiqomat qiluvchi ishsiz xotin-qizlar uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi uyushtirildi.

Tadbirda mutasaddilar bandlik borasida olib borilayotgan islohotlar, roʻy berayotgan yangiliklar va yaratilayotgan qulayliklar tushuntirildi. Ishtirokchilarga kasb-hunarga oʻqitish imkoniyatlari, jamoat ishlariga qatnashish ishlari toʻgʻrisida tegishli maʻlumotlar berildi.

Yarmarka davomida xotin-qizlar oʻzlariga maʼqul kelgan boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishishdi. Hududda joylashgan kasb-hunarga oʻqitish maskanidagi tikuvchilik, sartarosh va kompyuter savodxonligi kabi yoʻnalishlarda oʻqish istagini bildirdi. Shuningdek, bir guruh fuqarolarga tegishli maslahatlar berildi.

By admin