Guliston shahar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi shahar oila va xotin-qizlar boʻlimi bilan hamkorlikda koʻchma mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada 30 dan ortiq xotin-qizlar shaharda faoliyat yuritayotgan “Sirdaryo Best Fashion” MCHJ, “Mili Guliston textil” MCHJ va “Neo kotton” MCHJ korxonalariga olib borildi. Ishtirokchilar mazkur korxonalarda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ish beruvchilar bilan suhbatlashib, ish vaqti, oylik maoshi va boshqa oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Suhbat asnosida mavjud boʻsh ish oʻrinlarida ishlash istagi boʻlgan 25 nafar xotin-qizga yoʻllanma berildi.

By admin