Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi manfaatdor tashkilot va idoralar bilan birgalikda viloyatdagi boshqarma va tashkilotlarning kadrlar boʻlimlari, tuman (shahar) hokimliklari tashkiliy-kadrlar boʻlimlari boshliqlariga mehnat faoliyatiga doir maʼlumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga toʻliq va xatosiz kiritilishi boʻyicha oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Seminarda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Mehnat standarlari va mehnatga haq toʻlash boʻlimi boshligʻi Boburmirza Xoʻjamqulov tizimdagi yangiliklar, jumladan, ish haqi kiritish, mehnat shartnomalarini tasdiqlash, boʻsh ish oʻrinlari hisobotini yuborish kabi muhim amallarni batafsil tushuntirdi.

Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

By admin