“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Sayxunobod kasb-hunarga oʻqitish markazi xodimlariga yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, har bir xodim huquqiy savodxonligini oshirishi shart. Ayniqsa, mehnat vazifasini bajarishda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish lozimligiga alohida urgʻu berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishi va uning huquqiy oqibatlari, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalariga rioya etilish kerakligi yana bir bor tushuntirildi.

Tadbirda markaz xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Eslatib o’tamiz, Sirdaryo viloyati bo‘yicha Bandlik sohasida qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, Telegram’dagi @SVBandlik_Anticor, Instagramdagi SVBandlik_anticor va ishonch telefoni +99878-2211002 hamda svbandlik.uz veb sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin: shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik!

By admin