Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi hamda Davlat Madhiyamizning qabul qilinganligi sanasi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.

Boshqarma boshligʻi M.Muhammadiyev tizim xodimlarini bayram bilan tabriklar ekan, Konstitutsiya mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi islohotlarning yuridik manbai hamda har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi asosiy huquqiy hujjat ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek, gʻururimiz, faxrimiz boʻlgan Davlat Madhiyasi xususida toʻxtalib oʻtib, unda xalqimizning ezgu orzu-umidi, kelajakka boʻlgan mustahkam ishonchi teran ifodalanganligini qayd etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar yurtimizda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyilining ilgari surilishida bosh Qomusimizning oʻrni beqiyosligi haqida soʻz yuritishdi.

By admin